Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida “An-Nassr” 11-mart, dushanba kuni “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib bordi. 

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 28-daqiqasida BAA klubi futbolchisi Rahimi hisobni ochdi. 45-daqiqada esa Rahimi yana bir bor darvozani ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi. Bo‘lim yakunida esa Ar-Riyod klubi a’zosi G‘arib hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa “Al-Ayn” futbolchisi Eisa o‘z darvozasiga gol urib, hisob 2:2 bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 72-daqiqada esa Telles “An-Nassr”ning 3-goliga mualliflik qilib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, hisobni tenglashtirdi. Qayd etib o‘tish joiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda “Al-Ayn” 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Shu tariqa jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda “An-Nassr” bir kishi kam bo‘lib qoldi. 98-daqiqada Ayman Yahyo raqibga nisbatan qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi. 103-daqiqada esa BAA klubi futbolchisi Sulton uchrashuvda durangni qayd etuvchi, umumiy hisobda esa “Al-Ayn”ga ustunlik beruvchi gol muallifiga aylandi.

118-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu penalti ishlab oldi. Zarbasini esa portugaliyalik futbolchining o‘zi berdi va hisobni 4:3 ko‘rinishiga olib keldi. 

Umumiy hisob 4:4 ko‘rinishida yakunlandi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa “Al-Ayn” 3:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi. Ar-Riyod jamoasi tarkibida faqatgina Ronaldu 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi. Brozovich, Telles va Otavioning zarbalari noaniq bo‘ldi. 


OCHL

1/4 final bahsi

11-mart, dushanba

“An-Nassr” – “Al-Ayn” 4:3 

Penaltilar seriyasi: 1:3

Gollar: 0:1 – 28 Rahimi, 0:2 – 45 Rahimi, 1:2 – 45 G‘arib, 2:2 – 51 Eisa (avtogol), 3:2 – 72 Telles, 3:3 – 103 Alshamsi, 4:3 — 118 Ronaldu (penalti).

“An-Nassr”: Al-Najar, Al-Avjami, Al-Fatil (Al-Sulayhim, 90; Al Nemer, 105), Al-Amri (Yahyo, 64), Telles, Brozovich, Otavio, Al-Haybari, Mane, G‘arib (Al-Hassan, 84), Ronaldu.

“Al-Ayn”: Eisa, Hashemi, Otonne, Erik (Said Juma, 70), Abdulla Hasan Al Baloushi (Muhammad Abdulloh Abbas, 78), Palasios, Pak Yen U, Nader (Alshamsi, 99), Muhammad, Romero, Rahimi.

Ogohlantirishlar: Erik (32), Abdulla Hasan Al Baloushi (38), Brozovich (45), Mane (71), Otavio (84), Rahimi (85).

Chetlatish: Yahyo (98).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »