Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikistonda 13-mart kuni havo harorati keskin sovishni boshlaydi. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya agentligi xabar berdi.

Foto: “Sputnik”

Sinoptiklarga ko‘ra, yog‘ingarchilik kuzatilib, yomg‘ir baʼzi tumanlarda qorga aylanadi. Vodiy-tog‘ oldi hududlarida havo harorati kunduzi 10-12 darajaga tushishi kutilmoqda. 13-mart kuni Dushanbeda havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir aralash qor yog‘adi, kechga kelib yog‘ingarchilik kuchayadi. Hozirda Dushanbeda kunduzi 18 darajagacha iliq bo‘lsa, ertaga havo harorati kunduzi atigi 5-7 daraja, kechasi 3-5 daraja iliq bo‘ladi. 14-martga kelib harorat yana isishi kutilmoqda.

Skrinshot: Tojikiston gidrometeorologiya markazi

Shuningdek, yaqin hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi, joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati vodiylarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, tog‘li hududlarda 1-6 daraja sovuq bo‘ladi. Mamlakat shimolida baʼzi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. U yerda havo harorati kunduzi 7-9 daraja iliq, tog‘li hududlarda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Mamlakatning eng issiq hududi — Xatlon viloyatida ham havo harorati pasayadi. Agar bugun 19-21 daraja issiq bo‘lsa, ertaga 8-10 daraja iliq bo‘ladi. U yerda ham yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ertaga kunduzi Xorug‘da havo faqat 2 darajagacha isiydi.

Avvalroq Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham harorat mos ravishda -20 va -21 darajaga tushib ketishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, O‘zbekistonga ham sovuq havo massalari kirib kelishi, yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »