Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda yaqin kunlarda havo keskin soviydi. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi 13—15-mart kunlari bo‘ron kuzatilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: “AKIpress”

Chuy, Talas, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlarida yomg‘ir, qor yog‘ishi, shamol kuchayishi kutilmoqda. 13—15-mart kunlari uchun prognoz:

  • Chuy viloyati: kechasi 0...-5 gacha, kunduzi -1...+4. Susamir vodiysida -21 gacha
  • Talas viloyati: kechasi -1...-6 gacha, kunduzi -3...+2 gacha.
  • O‘sh, Jalolobod va Botkenda: kechasi -3...+2, kunduzi +4...+9
  • Issiqko‘lda kechasi -1...-6, kunduzi -3...+2.
  • Norin viloyatida kechasi -10...-15 gacha, kunduzi -3...-8 gacha, tog‘oldi va tog‘li hududlarda termometrlar -15 gacha ko‘rsatadi.

Taqqoslash uchun, 11-mart, bugun Bishkekda harorat +13 darajani tashkil qilmoqda.

Avvalroq Qozog‘istonda ham harorat -20 darajaga tushib ketishi ma’lum qilingandi. 11-mart kuni Ostonada qor yog‘ishi kutilmoqda. 14-mart kuni shaharda o‘rtacha havo harorati 12 daraja sovuq, maksimal -8 va minimum -20 darajagacha tushishi mumkin. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »