Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gretsiya olimlari bu qishda mamlakat tarixidagi eng issiq harorat kuzatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: TripSavvvy

Ma’lum qilinishicha, haroratning isishi ekinlarga tahdid solib, yozda o‘rmon yong‘inlari xavfini kuchaytirishi mumkin. Dekabrdan fevralgacha o‘rtacha eng yuqori harorat 11,3 darajani tashkil etgan, bu 1960-2024-yillardagi o‘rtacha qishki maksimal haroratdan 1,8 daraja yuqori.

Shimoliy Gretsiyaning ayrim hududlarida havo harorati 7-8 darajaga ko‘tarilgan. Bu kuzatuv boshlangan 1936-yildan beri eng issiq qish hisoblanadi.

“Aksariyat kunlarda havo harorati meʼyordan yuqori bo‘ldi, qisqa muddatdagina sovuq havo kuzatildi. Bu yangi haqiqat va buni jiddiy qabul qilishimiz kerak. Iqlim o‘zgarishi albatta sodir bo‘lmoqda”, — dedi Afina milliy observatoriya ilmiy rahbari Konstantinos Laguvardos.

Tegishli maʼlumotlar Yevropadagi iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlardan biri bo‘lgan Gretsiyada xavotir uyg‘otmoqda, o‘tgan yozda o‘rmon yong‘inlari kamida 20 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Kuzda kuchli, rekord darajadagi yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘lib, uylar, yaylovlar va ekinlarni vayron qildi. Gretsiyada qishning issiq kelishi, kam yog‘ingarchilik va past namlik bilan birga yozda o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »