Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda 62 yillik havo harorati rekordi yangilandi. Bu haqda “Kazgidromet”ga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Sputnik

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, 2023-yil dekabri ob-havo hodisalariga boy bo‘ldi. Ob-havoning bunday xilma-xilligi va harorat o‘zgarishiga siklon, antisiklonlarning tez-tez o‘zgarishi sabab bo‘ldi.

“Dekabr oyi shartli ravishda ikkita issiq va bitta sovuq to‘lqinga bo‘lindi. Issiqlik davrida anomal iliq ob-havo kuzatildi, qor yog‘ib, bo‘ron bo‘ldi, ayrim kunlarda esa qorning yomg‘irga aylanishi va muzlash kuzatildi. Sovuq to‘lqin paytida, aksincha, mamlakatning shimolida ham, janubida ham ob-havo 30-40 darajagacha sovuqlar bilan ajralib turdi. Shuning uchun dekabr oyida maksimal va minimal kunlik havo harorati bo‘yicha rekordlar yangilandi”, — deyiladi xabarda.

Masalan, 3—6-dekabr kunlari Qozog‘istonning deyarli butun hududida maksimal sutkalik havo harorati bo‘yicha rekordlar yangilangan. Jumladan,

  • Atirauda 4-dekabr 11,9 daraja iliq (2012-yilgi rekord +10,6 daraja edi);
  • Tarazda 5-dekabr, 19,6 daraja iliq (2019-yilgi rekord  +16,2 daraja edi),
  • Chimkentda 5-dekabr 20,2 daraja iliq (1980-yilgi rekord +17,0 daraja edi),
  • Ostonada 6-dekabr 3,1 daraja iliq (1961-yilgi rekord +1,4 daraja oshgan),
  • Pavlodarda 6-dekabr 4,2 daraja iliq, (1961-yil rekordidan +2,2 daraja oshib ketgan),
  • Ust-Kamenogorskda 6-dekabr 8,5 daraja iliq (2019-yil rekordidan +7,2 darajadan oshgan).

21—31-dekabrda yana bir jazirama to‘lqini kuzatilib, shimoliy hududlarda termometr ko‘rsatkichi 1-6 daraja iliq, g‘arbiy viloyatlarda 7-13 daraja iliq, sharqiy viloyatlarda 3-9 daraja iliq, janubiy viloyatlarda 14 va 21 daraja iliq bo‘lib, bir qator stansiyalarda rekordlar yangilanagn.

Masalan, 21-dekabr kuni Uralskda 4,5 daraja (2014 yil rekordi 3,9 daraja), 25-dekabr kuni Chimkentda 20,6 daraja (2017-yil rekordi 18 daraja), Tarazda 20,1 daraja (2017-yil rekordi 16,8 daraja), 26-dekabr kuni Ostonada 4,8 daraja (1996-yil rekordi 3,4 daraja yangilangan) kuzatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »