Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Olimlar 2024-yilda rekord darajada jazirama bo‘lishidan ogohlantirdi, deb yozmoqda Bloomberg.

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ldi. Biroq 2024-yil barcha rekordlarni yangilashi mumkin.

“Haroratning oshishi El-Ninyo fenomeni bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu Tinch okeanining ekvatorial suv yuzasidagi harorat o‘zgarishi bilan bog‘liq isish”, — deya ta’kidladi ekspertlar.

2023-yildagi El-Ninyo oqibatlaridan biri Markaziy Amerikadagi quruq ob-havo bo‘ldi — bu Panama kanalini to‘ldiradigan asosiy ko‘l Gatunnining qurib ketishiga olib keldi.

Natijada kanaldagi suv sathi pasayib, uning o‘tkazuvchanligi jiddiy ravishda pasaydi.

Butunjahon meteorologiya tashkilotiga (WMO) rahbarlik qiluvchi meteorolog Petteri Taalas 2024-yil avvalgisidan ham “issiqroq” bo‘lishini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, u qurg‘oqchilik yoki suv toshqini kabi ekstremal hodisalarning kuchayishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq 2023-yil oxirgi sakson yillikdagi eng issiq yil deb tan olingani xabar qilingandi.

Butun dunyo bo‘ylab haroratning bu tarzda ko‘tarilishi sayyorani olimlar bir necha yillardan beri ogohlantirib kelayotgan iqlim o‘zgarishiga xavfli darajada yaqinlashtirmoqda. Keyinchalik isish bo‘ronlar, qurg‘oqchilik, toshqinlar va o‘rmon yong'inlari kabi ekstremal ob-havo hodisalariga olib keladi.

Anomal issiqlikdan tashqari, yerliklar magnit bo‘ronlari to‘lqiniga duch keladi. 2024-yilda Quyosh faolligining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Rossiyalik olim Sergey Bogachevning fikricha, buning oqibatida Yerda har oyda bir necha marta sodir bo‘ladigan magnit bo‘ronlari kelib chiqadi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »