Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Insoniyat oxirgi uch oy ichida Yerdagi iqlim inqirozi oqibatlarini to‘liq his qildi. Yuqori harorat, jazirama to‘lqini va kuchli o‘rmon yong‘inlari sayyorani tom ma’noda qizdirdi.

Natijada 2023-yilning yozida tarixdagi eng issiq haroratlar qayd etildi. BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti va Yevropaning Copernicus iqlim xizmati tegishli bayonotni e’lon qildi. Bu haqda Gizmodo xabar berdi.

Foto: Getty Images

Meteorologlar iyul oyi tarixidagi eng issiq oy bo‘lgani sababli, 2023-yil yozi harorat rekordini o‘rnatishini taxmin qilgandi. Olimlar kutganidek, avgust joriy yilning iyulidan keyin tarixdagi ikkinchi eng issiq oyga aylandi. Jumladan, joriy yozning so‘nggi oyi oldingi yillarga qaraganda deyarli 1,5 daraja issiqroq bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning fikricha, issiqlik va El-Nino hodisasi o‘rtasida bog‘liqlik bor. Bu yilgi jazirama nafaqat quruqlikka, balki okeanga ham ta’sir qildi.

El-Nino — kuchli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinch okeanidagi suv haroratining davriy ravishda oshishi. U butun sayyoradagi iqlimga ta’sir qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »