Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, agar AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp noyabr oyida hokimiyatga qaytsa, Kiyevni moliyalashtirishni to‘xtatib, Ukrainadagi urushni tugatishi mumkinligini aytdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

“Tramp bu borada aniq rejaga ega. U qayta saylansa, avvaliga Ukrainani bir tiyinsiz qoldiradi. Tabiiyki, bunday sharoitda urush tugaydi, chunki Ukraina G‘arb pulisiz o‘zini tik tutib turolmaydi”, — degan Viktor Orban jurnalistlarga bergan intervyusida.

Xabarga ko‘ra, Viktor Orban hukumati Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqini boshlanganidan beri doimiy ravishda Yevropa Ittifoqi va NATOning Ukrainaga yordam berish harakatlariga jiddiy qarshi bo‘lib kelgan. Ukraina uchun yordam paketlari ajratilishini tasdiqlash masalasini atayin cho‘zib kelgan.

Vengriya rahbarining bunday bayonotlari AQSHda xavotir uyg‘otgan. Vengriya ortidan butun Yevropada Ukrainaga yordamni to‘xtatish uchun harakat boshlanishi ehtimoli yuzaga kelgan. Polshada yuzaga kelgan fermerlar isyoni hukumatlarni Ukraina masalasida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirayotgani taʼkidlangan.

“Agar amerikaliklar bu urushni moliyalashtirishdan to‘xtasa, urush tugaydi. Yevropaliklar o‘zi bu urushni moliyalashtira olmaydi”, — deya qo‘shimcha qilgan Viktor Orban.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »