Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarni saqlab qolishni istaydi. Faqatgina Yevropa Ittifoqi sanksiyalari amal qiladigan sohalardagina Rossiya bilan aloqalar cheklanishi mumkin. 4-mart kuni Vengriya Bosh vazir Viktor Orban mamlakatning Rossiyaga nisbatan ushbu pozitsiyasini maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Foto: AP Photo

“Vengriya Sharq va G‘arb o‘rtasidagi mamlakat va u dunyoning ikki qutblari o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishidan manfaatdor. Biz o‘zimizni dunyoning sharqiy qismidan ajratib qo‘ya olmaymiz. Biz faqat sanksiya kiritilgan sohalardagina Rossiya bilan hamkorlikdan tiyilamiz”, — degan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban.

Vazirga ko‘ra, Vengriya Turkiya, Markaziy Osiyo, Xitoy va Rossiya bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor. Mamlakat bu hamkorlik yo‘lidan faol boradi. Mamlakatga yangi hamkorlar nihoyatda zarur.

“Yevropaliklar Ukrainadagi mojaroga yechimni vaqtida anglay olmadi. Hatto Rossiya qiziqish bildirgan bir paytda kelishuvga erishish imkoni mavjud edi. Biroq biz bu imkoniyatni boy berdik”, — deya qo‘shimcha qilgan Orban.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »