Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya parlamenti spikeri Shandor Lejak Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi ratifikatsiyani imzoladi va qonunni eʼlon qilish uchun prezident devoniga yubordi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Getty Images

Qonunchilar 26-fevral kuni Shvetsiyaning NATOga kirishini maʼqullab, uning uzoq yillar davom etgan tarixiy harakati oldidagi so‘nggi to‘siqni bartaraf etgan.

Vengriyadagi ovoz berish Shvetsiyaning xavfsizlik siyosatini qayta ko‘rib chiqishda bir necha oy davom etgan kechikish bilan yakunlangan va Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristerssonning tashrifi ortidan, ikki davlat qurol-yarog‘ bo‘yicha kelishuv imzolagan. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban hukumati NATO ittifoqchilari tomonidan bosimga duch kelgan. Vengriya prezidentiga qonunni eʼlon qilish uchun besh kun muddat berilgan.

Stokgolm Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga hujumi ortidan Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti doirasida xavfsizlikni kuchaytirish uchun qo‘shilmaslik siyosatidan voz kechgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »