Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyartoning aytishicha, Yevropa uchun eng muhim vazifa Rossiya va NATO o‘rtasidagi janjallarning oldini olishdir, chunki mojaro uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etishdan oldin M1 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bu yerda turli mamlakatlar harbiylarini mojaroga tortish harakati olib borilayotgani ko‘rinib turibdi. Endi biz, yevropaliklar uchun eng muhim vazifa Rossiya va NATO o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroning oldini olishdir, bu, shubhasiz, uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi”, — dedi Siyarto.

Siyarto uchinchi jahon urushi xavfi hech qachon hozirgidek real bo‘lmaganini ta‘kidladi.

Foto: Google Images

Bungacha Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G‘arb siyosatchilari o‘z fuqarolariga Rossiya bilan urushga tayyor ekanliklari haqida yolg‘on gapirishni bas qilishlari kerakligini, chunki bunday mojaroning boshlanishi dunyoning oxiri bo‘lishini ta’kidlagandi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda G‘arb siyosatchilari Rossiya Federatsiyasi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaro haqida tobora ko‘proq gapirmoqda, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilarning ko‘z o‘ngida katta xarajatlarni oqlashga urinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »