Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban migrantlarni  qabul qilishga keskin qarshi chiqdi.

"Vengriya hech qanday holatda ham migrantlarni o'z hududiga kirishiga ruxsat bermaydi", - deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi Serbiyaning Politika gazetasi.

Foto: Google Images

Orbanning qayd etishicha, Vengriya Yevropa Ittifoqining boshqa qator mamlakatlarida sodir bo‘lgan voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga, u migratsiya terror tahdidlari, jinoyatchilik va parallel jamiyatlar paydo bo'lishi bilan bog'liqligini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, YI Vengriyani migratsiya masalasida "shantaj" qila olmaydi, chunki bu masala puldan muhimroq.

Dekabr oyi oxirida Budapesht Yevropa Ittifoqining migratsiya va boshpana tizimini isloh qilish haqidagi kelishuviga keskin qarshi chiqqandi.

"Biz bu migratsiya paktini qat'iy rad etamiz. O'z irodamizga qarshi hech kimni mamlakatimizga kiritmaymiz. Bryusseldan yoki boshqa joydan turib hech kim bizga kimni kiritishimiz mumkinligini aytib aql o‘rgata olmaydi", — degandi o'sha paytda Vengriya tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Peter Siyarto.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »