Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik davom etmoqda, biroq bir qancha munozarali masalalar hal etilmagani uchun uchrashuv o‘tkazishga hali vaqtli. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri o‘rinbosari Levente Madyar “Magyar Nemzet” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Vladimir Zelenskiy va Viktor Orban o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganda, biz birinchi navbatda muzokaralar stolida kelishmovchiliklarni qanday hal qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelish kerak, degan shart qo‘ydik. Biz hali bu nuqtaga yetganimiz yo‘q, shuning uchun hozir uchrashuv o‘tkazish imkonsiz. Lekin biz buning ustida ishlayapmiz. Ukrainaliklar bizning so‘rovlarimizni bajarish uchun ba’zi qadamlarni qo‘yishdi”, — dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Foto: RBC

Oxirgi ikki yil davomida Orban Zelenskiy bilan birorta ham to‘laqonli uchrashuv o‘tkazmagan, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari rahbarlaridan farqli o‘laroq, u bu vaqt ichida hech qachon Kiyevga tashrif buyurmagan.

Ular Ukraina prezidenti mehmon sifatida kelgan Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi sammitida va 10-dekabr kuni Buenos-Ayresda Argentina prezidenti Xavyer Mileyning inauguratsiya marosimida bir oz gaplashishgan, xolos.

Argentinadagi qisqa uchrashuvda Zelenskiy Orbanni Ukrainaga taklif etdi. 21-dekabr kuni yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vengriya bosh vaziri ushbu taklifni qabul qilganini, biroq uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ma’lum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, Vengriya va Ukraina tashqi ishlar vazirlariga bu vazifa ishonib topshirilgan, lekin  uchrashuv qachon o‘tkazilishi hali hal qilinmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »