Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga yordamni davom ettirishiga qarshi emas, biroq unda ishtirok etishni istamaydi, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

“Vengriya endi bu ishda ishtirok etishni istamasligini, lekin ayni paytda Yevropa Ittifoqiga to‘sqinlik qilmasligini ma’lum qildi. O‘zi yordam bermaslik boshqa masala bo‘lsa, yordamga to‘sqinlik qilmaslik bu umuman boshqa masala. Hozirda hech kim bunga qarshi emas”, — dedi Borrel.

O‘z navbatida, Polsha bosh vaziri Donald Tusk keskin salbiy fikr bildirib, Vengriyaning Kiyevga yordam berish bo‘yicha pozitsiyasini “xavfsizligimiz uchun tahdid” deb atadi.

Foto: Google Images

“Men unga hech qanday yaxshi so‘z aytmayman”, — deya qo‘shimcha qildi Tusk jurnalistlarning Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga nima demoqchi ekanligi haqidagi savoliga.

14—15-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yevropa Ittifoqi sammitida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari to‘rt yillik budjetga tuzatishlar kiritish bo‘yicha kelisha olmaganidan so‘ng, Yevropa kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirishga qaror qilindi. Bunga Vengriyaning veto qo‘yishi to‘sqinlik qildi, u Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ko‘rsatishga rozi bo‘lmagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »