Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘pchilik ovoz bilan ratifikatsiya qildi. 26-fevral, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu qarorga 188 deputat ovoz berdi, olti nafari qarshi chiqdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Foto: AP Photo

Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-aʼzosiga aylandi. Vengriya Shvetsiyaning blokka qo‘shilishi uchun roziligi zarur bo‘lgan oxirgi NATO davlati bo‘lib qoldi. Ovoz berishdan keyin Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bugungi kunni o‘z mamlakati uchun “tarixiy” deb atadi.

“Hozir NATOga aʼzo barcha davlatlarning parlamentlari Shvetsiyani NATOga qabul qilish uchun ovoz berdi. Shvetsiya Yevro-Atlantika xavfsizligini taʼminlashda yelkama-yelka turishga tayyor”, — deb yozdi Kristersson X ijtimoiy tarmog‘ida.

Shvetsiya 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga harbiy yurishi fonida Finlyandiya bilan bir vaqtda NATOga aʼzo bo‘lish uchun ariza bergan. Yaqin vaqtgacha Turkiya va Vengriya Shvetsiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilgan. 2024-yil yanvar oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning alyansga kirishini tasdiqlovchi protokolni tasdiqlagan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »