Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi, deb yozmoqda Bloomberg. Endi hujjat mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga yuboriladi, u yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda.

Foto: Anadolu

Shu tariqa Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilmagan NATO a’zosi faqat Vengriya bo‘lib qolmoqda, deb qo‘shimcha qildi agentlik.

Shvetsiya Finlyandiya bilan birga 2022-yilning yozida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgandi. Mamlakatlar Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini fonida alyansga qo‘shilish haqida qaror qabul qildi. NATOga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak.

Natijada, faqat Finlyandiya 2023-yil aprel oyida NATOga qo‘shildi. Turkiya Shvetsiyaning ittifoqqa kirishiga bir qancha shartlar bilan qarshi chiqdi. Xususan, Anqara Stokgolmdan Turkiya hukumati terrorchilikda ayblayotgan shaxslarni topshirishni, shuningdek, Turkiya terrorchi tashkilot deb hisoblagan Kurdiston Ishchilar partiyasi “faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslikni” talab qildi. 2023-yil iyul oyida Erdo‘g‘on NATO bosh kotibi bilan muzokaralardan so‘ng Shvetsiyaning arizasini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi.

Vengriya rasmiylari esa Stokgolmni Budapeshtni “tahqirlash” siyosatida ayblab, uning qonun ustuvorligiga rioya qilmayotganini muntazam tanqid qilmoqda, deb yozadi Deutsche Welle. 2024-yil 23-yanvarda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini muhokama qilish uchun shved hamkasbi Ulf Kristerssonni Budapeshtga taklif qildi. Bunga javoban Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi muzokaralar uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganliklarini bildirdi, chunki Vengriya 2022-yil yozida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Shvetsiyaga hech qanday shartlarsiz alyansga qo‘shilish taklifini yuborgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »