Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya Mudofaa vazirligi seshanba kuni Ukrainaga 7,1 milliard shved kroni (682 million dollar) miqdorida harbiy yordam, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters


Bu Shvetsiyaning Ukrainaga 15-raund yordami bo‘lib, Rossiya-Ukraina urushidan buyon umumiy yordam 30 milliard kronni tashkil etgan.

“Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, — dedi mudofaa vaziri Pal Jonson matbuot anjumanida.


Shvetsiyaning ta’kidlashicha, yordam paketi, taxminan, 2 milliard kron qiymatidagi artilleriya o‘q-dorilari, hujum kemalari, suvosti minalari va dronlarni o‘z ichiga oladi.
Paket doirasida, shuningdek, Ukraina xalqaro fondlari orqali material sotib olish uchun naqd pul va 10 ga yaqin yangi zirhli jangovar transport vositalarini sotib olish uchun 1 milliard kron ajratiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »