“Yevropa Ukrainaga AQSH bilan teng ravishda yordam berishi kerak” — Tramp
Yevropa davlatlari ham Ukrainaga AQSH bilan barobar ravishda yordam berishi kerak, chunki AQSHning yordami yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Just the News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Juda adolatsiz holat. Men aytmoqchi bo‘lgan narsa shundaki, NATO ittifoqchilari Ukrainaga yordam ajratish bo‘yicha AQSHga tenglashib olishlari kerak. Agar ular buni qilmasa, Qo‘shma Shtatlar Kiyevni moliyalashtirishda davom eta olmaydi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga 250 million dollarlik harbiy yordam paketi taqdim etilishini e’lon qilgan edi. Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari bu paket joriy yildagi oxirgisi bo‘lishiga aniqlik kiritgan.