Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, Ukrainadagi mojaroda vaqt Rossiya foydasiga ishlamoqda. Kiyev va uni qo‘llab-quvvatlayotgan Yevropa davlatlari qiyin ahvolda qolgan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Foto: AP News

Vengriya yetakchisiga ko‘ra, Yevropa davlatlari Ukrainadagi mojaroni o‘zlariga nisbatan tahdid sifatida qabul qilgan. Ular qo‘llayotgan urushda esa vaqt Ukraina foydasiga ishlamayapti. Shuning uchun Orban mojaroni tezda tugatishni taklif qilgan.

Biz, yevropaliklar, ukrainlar singari urushda mag‘lub bo‘lmoqdamiz. Bu vaziyatdan chiqish yo‘lini bilmaymiz. Mojaroga yechim topish borasida hech qanday tasavvurga ega emasmiz. Bu juda jiddiy muammo, — degan Viktor Orban.

Budapeshtdagi hukumat rahbariga ko‘ra, Vengriya Ukraina mojarosiga Ukrainada yashayotgan 150 mingga yaqin venger aholisining manfaatlari nuqtai nazaridan yondashadi. Urushga venger milliy ozchilik qatlamining ham safarbar etilishi hamda ularning halok bo‘lishi Vengriya uchun tashvishlanarli masala.

Men bu mojaroga na ukrainaliklar, va na Putin nuqtai nazari bilan qarayman. O‘zgalar fikri meni qiziqtirmaydi. Men o‘z mamlakatim va xalqim manfaatlarini himoya qilaman, — degan Vengriya bosh vaziri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »