Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kossuth radiosi orqali Yevropa Ittifoqi budjetidan ajratiladigan 50 milliard yevro Ukrainani qurollantirishga emas, balki uning iqtisodiyotini tiklashga sarflanishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina iqtisodiyoti hozirda barbod bo‘lgan.

“Bryusseldagi yig‘ilishda hamma narsa tinchlik atrofida bo‘lishi kerak, avvalo, o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa tinchlik muzokaralari uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirish kerak”, — dedi Vengriya bosh vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar va YI Ukrainani moliyalashtirmasa, unda “hammasi tamom bo‘ladi”, chunki mamlakatda “nafaqalar, maoshlar, shifoxonalar — umuman hech narsa” bo‘lmaydi.

Foto: Google Images

Fevral boshida Viktor Orban Vengriya Yevropa Ittifoqi davlatlaridan o‘ziga mo‘ljallangan va keyinchalik muzlatilgan mablag‘lar Ukrainaga yuborilmasligi haqida kafolat olganini aytgan edi. Hozirda Vengriya uchun mo‘ljallangan 30 milliard yevrodan ortiq mablag‘ Yevropa Ittifoqi hisoblarida muzlatilgan holda turibdi.

YI 2023-yil dekabrida Vengriyaga mablag‘ ajratishdan bosh tortgani sababli Viktor Orban Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam ajratish qaroriga veto qo‘ydi. 1-fevral kuni YI aʼzolari Ukrainaga mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishib oldilar, biroq YI Vengriya uchun mablag‘ ajratishdan yana bosh tortdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »