Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp “urushni to‘xtata oladigan yagona yetakchi” ekanini aytdi.

Foto: Reuters
“Donald Tramp 2022-yil fevralida AQSH prezidenti bo‘lganida edi, Yevropada urush bo‘lmasdi. Men bugun Yevropada ham, Amerikada ham urushni to‘xtata oladigan darajada kuchli yetakchi bo‘la oladigan boshqa hech kimni ko‘rmayapman. Tinchlikning ismi bor — Donald Tramp”, — dedi Orban Fransiyaning Le Point jurnaliga bergan intervyusida.

Vengriya bosh vaziri, shuningdek, Budapesht Yevropa Ittifoqining Kiyevga 50 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratishiga qo‘ygan vetosini bekor qilish shartini ham aytdi.

“Murosali taklif berishga qaror qildik: biz budjetni o‘zgartirishga rozi emasmiz. 50 milliard yevro ajratishga rozi emasmiz, bu juda katta miqdor. Bu summani to‘rt yilga berish kerak degan fikrga qo‘shilmaymiz. Ammo Vengriya Yevropa Ittifoqining 26 mamlakati tashabbusiga qo‘shilishga tayyor, agar bu pulni jo‘natishni davom ettirish yoki to‘xtatish haqidagi qarorlarni har yili yangilashga kafolatlar bo‘lsa. Yillik qaror esa bugungidek qonuniy asosga ega bo‘lishi kerak: u bir ovozdan qabul qilinishi kerak”, — dedi u.

Vengriya bosh vaziri, shuningdek, ayrim davlatlar Budapesht pozitsiyasini shantaj usuli sifatida talqin qilayotganidan afsusda ekanini bildirdi.

U yana bir bor Vengriya Ukrainadagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishning iloji yo‘q degan pozitsiyaga amal qilishini, biroq Yevropa Ittifoqiga aʼzo qolgan 26 davlat boshqacha fikrda ekanini takrorladi.

“Ularning taklifi harbiy yechimga qaratilgan, men bunga rozi emasman. Vengerlar ham buni qo‘llab-quvvatlamaydi. Biz yagona yechim diplomatik yo‘l deb hisoblaymiz. Bu o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik bo‘yicha muzokaralarni o‘z ichiga oladi”, — dedi Orban.

Bosh vazirning tushuntirishicha, shu kontekstda Kiyevga keyingi to‘rt yil uchun 50 milliard yevro ajratish mojaroni kuchaytiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »