Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel 2024-yil iyulida bo‘lib o‘tadigan Yevroparlament saylovlarida qatnashmaslikka qaror qildi, bu uning muddatidan avval iste’foga chiqishiga olib kelishi mumkin edi. Mishel o‘z qarorini Facebook dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Kengashi prezidenti lavozimida qolish qarori uning muddatidan oldin isteʼfoga chiqishi ehtimoli tufayli yuzaga kelgan “keskin reaksiya” bilan bog‘liq.

“Mening tanlovim ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuv va taxminlarga sabab bo‘ldi. Yondashuvimning misli ko‘rilmagan tabiatini hisobga olgan holda, men oldindan nimanidir ko‘rgandim. Lekin bu ham keskin reaksiyaga sabab bo‘ldi: Yevropa Kengashi ichida emas, balki undan tashqarida”, — deb yozadi Mishel.

Shuningdek, u o‘z qarori bilan hech qanday tarzda Yevropa Ittifoqidagi birlikka zarar yetkazishni istamasligini va shuning uchun saylovlarda qatnashishdan bosh tortish fikriga kelganini qo‘shimcha qildi.

“Men o‘zimning hozirgi majburiyatlarimni vakolatim tugamaguncha qat’iyat bilan bajarishga harakat qilaman”, — dedi Mishel.

Uning Yevropa kengashi prezidenti sifatidagi vakolati 2024-yilning noyabrida tugaydi.

Sharl Mishel 2024-yil yanvar oyi boshida Yevroparlament saylovlarida ishtirok etish niyatini ma’lum qilgandi. Agar Mishel saylansa, Yevropa Ittifoqi davlatlari tezda uning o‘rniga o‘rinbosar tanlashi kerak bo‘lardi. Ular buni uddalay olmasa, Yevropa Kengashiga raislik Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga o‘tishi kerak edi, chunki Vengriya 2024-yil iyulidan dekabrgacha YI kengashiga raislik qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »