Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyaning Balenciaga modalar uyi yelim tasma — skotch ko‘rinishidagi bilaguzukni taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” nashri xabar bermoqda.

Foto: Yahoo

Mazkur Gaffer Bangle nomli aksessuar ilk bor Parij shahridagi moda haftaligida 2024-yil kuz-qish kolleksiyasining taqdimotida e’tiborga tushdi. Bilaguzukning narxi taxminan 3000 yevrodir. Taqinchoq ko‘rinishidan odatiy shaffof skotchning o‘zginasi, faqat unda Balenciaga brendi logotipi tushirilgani bilan farq qiladi.

Foto: Mirror

Ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yangi aksessuarga o‘z munosabatini bildirdi. Ba’zilar buni hazilga yo‘ydi, yana bir qism auditoriya Balenciaga qashshoqlikni estetikaga aylantirishga urinmoqda, degan fikrni ilgari surdi.

Foto: Yahoo

Kundalik hayotdagi odatiy predmetlarni garderob qismiga kiritish g‘oyasi Balenciaga uchun yangilik emas. 2022-yilda brend kuz-qish mavsumi uchun o‘zining “dunyodagi eng qimmatbaho axlat sumkasi”ni taqdim etgandi. Sigir terisidan ishlangan mazkur sumka taxminan 1790 dollarga sotildi.

Shuningdek, o‘sha yili brend 1850 dollar turadigan yirtiq va kirlangan ko‘rinishdagi krossovkalarni taqdim etgan va bu kolleksiya ham ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »