Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Rossiya harbiy-texnik nuqtayi nazardan yadro urushiga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin teleboshlovchi Dmitriy Kisilyovga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar berdi “RBK”.

Foto: “TASS”

Putin voqealarning noaniq tarzda rivojlanayotgani yoki har doim ham to‘g‘ri yo‘lda davom etmasligini aytdi.

“Harbiy-texnik nuqtayi nazardan, biz, albatta, tayyormiz. Bizda ular (yadroviy raketalar) doimo jangovar shay holatda turadi”, — dedi Putin Rossiya haqiqatan ham yadro urushiga tayyormi, degan savolga javob berar ekan.

Taktik yadro qurollari haqida gapirar ekan, Putin Ukrainadagi “maxsus operatsiya” vaqtida bunday qurollardan foydalanishga hech qachon ehtiyoj bo‘lmaganini ta’kidladi. Bu uning xayoliga hech qachon bunday fikr kelmaganini anglatadimi, degan savolga Putin: “Yo‘q, lekin nima uchun?” tarzida javob berdi.

“Bizning o‘z prinsiplarimiz bor. Rossiya davlatining mavjudligi, suverenitetimiz va mustaqilligimizga zarar yetgan taqdirda, har qanday qurolni, shu jumladan, siz aytgan qurollarni ham (yadroviy qurol) ishlatishga tayyormiz. Biz uchun Strategiyada hamma narsa yozilgan, uni o‘zgartirmadik”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.

AQSHning yadroviy salohiyati haqida

Shuningdek, u bugungi kunda AQSH ham yadroviy kuchlarini rivojlantirayotganini, biroq bu ularning urush boshlashga tayyorligini anglatmasligini eslatdi. Agar AQSH yadroviy sinovlar o‘tkazsa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin. 

“Yangi jangovar kallaklar paydo bo‘lganda, baʼzi ekspertlarning fikricha, ularni faqat kompyuterda sinab ko‘rishning o‘zi kifoya emas, tabiiy ko‘rinishida sinab ko‘rish zarur. Shunday g‘oyalar AQSHdagi ma’lum doiralar atrofida aylanib yuribdi. Biz bu haqda bilamiz, kuzatyapmiz”, — dedi u.

G‘arb qo‘shinlarining Ukrainada bo‘lishi ehtimoli

Shuningdek, Putin Ukrainada G‘arb qo‘shinlarining mavjudligi mavzusiga ham to‘xtalib, agar AQSH o‘z kuchlarini u yerga yuborishga qaror qilsa, Rossiya bunday qadamni, shuningdek, Rossiya hududiga Amerika qo‘shinlarining kirishini aralashuv sifatida baholaydi. 

“(AQSH prezidenti Jo Bayden) shaxs, an’anaviy siyosiy maktab vakili ekanini aytdim va bu tasdiqlandi. U yerda Baydendan tashqari Rossiya—Amerika munosabatlari va strategik cheklov sohasida ko‘plab boshqa mutaxassislar bor. Menimcha, hamma narsa bunchalik shoshayotgani yo‘q, lekin bunga tayyormiz”, — dedi Putin.

Rossiya Finlyandiya chegarasida qo‘shin joylashtirmoqchi

Putin Finlyandiya NATOga aʼzo bo‘lganidan keyin uning chegaralari yaqinida Rossiya qo‘shinlari va yo‘q qilish tizimlari paydo bo‘lishini ta’kidladi.

“Rossiya va Finlyandiya avvallari shunchaki ideal munosabatlarga ega edilar: ikki davlatning bir biriga qarshi, xususan, hududiy da’vosi yo‘q edi. Bizning u yerda qo‘shinlarimiz ham yo‘q edi, barchasini Rossiya-Finlandiya chegarasidan olib chiqqan edik. Nega bunday qilishdi?.. 

Bu o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan mutlaqo bema’ni qadam. Biroq, bu ularning masalasi. Ular shunday qarorga kelishdi. Lekin u yerda qo'shinlarimiz yo‘q edi, endi bo‘lamiz”, — deya ta’kidladi u.

Fevral oyida Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu bergandi. O‘shanda u Ukrainaning paydo bo‘lish tarixi, konflikt sabablari, NATO bilan ziddiyat haqida gapirib, suhbat so‘ngida Zelenskiyga murojaat qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »