Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Bahor” nomli yangi turk seriali dastlabki qismdanoq tomoshabinlar qalbini zabt eta oldi. Hozircha faqat to‘rt qism namoyish etildi, lekin tibbiyot haqidagi bu drama allaqachon mashhurlik reytingining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu, shubhasiz, 43 yoshli Demet Evgarning ajoyib aktrisalik mahorati tufayli yuz berdi. Aktrisa o‘tgan yilning oktyabrida — farzandini dunyoga keltirgandan keyingi ikki yillik tanaffusdan so‘ng kinoga qaytdi. “Bahor”da Evgar bilan bir qatorda Ejem O‘zkaya, Bug‘ra Gulsuy va Mehmet Yilmaz Ak ham suratga tushmoqda.

Treylerga ko‘ra, beshinchi qism serial muxlislariga haqiqiy his-tuyg‘ular berishini va’da qilmoqda. Demet tibbiy ta’lim olgan bo‘lsa-da, o‘z sohasida ishlamay uy bekasiga aylangan Bahor ismli qahramonni o‘ynaydi — u o‘zini uy ishlari, eri va bolalarga g‘amxo‘rlik qilishga butkul bag‘ishlagan. Bir kuni u kasalxonaga tushib qoladi va unga jigar ko‘chirib o‘tkazish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Biroq oilasi unga yordam berishga shoshilmaydi. Shundan so‘ng Evgar qahramoni taqdirini o‘z qo‘liga olishga va shifokor bo‘lishga qaror qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »