Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11-mart kuni “Oskar—2024” g‘oliblari e’lon qilindi. An’anaga ko‘ra, tomoshabinlar diqqati faqatgina mukofotlash marosimiga emas, balki yulduzlar imijiga ham qaratildi. Lekin esdan chiqmaydigan narsa bu “Oskar” memlari bo‘ldi. Marosimning eng qiziqarli va noqulay lahzalarini tomosha qiling.

Messi laqabli qarsak chalayotgan it

Marosimda Messi laqabli border-kolli zotidagi itning ishtirok etishi bejiz emas —  u “Qulash anatomiyasi” filmida rol o‘ynagan.

Tomoshabinlar itni qizil gilamda intiqlik bilan kutishgan, chunki avvalroq uning tadbirga kiritilmagani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Biroq jonivor o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan tomoshabinlar hurmatini qozondi: u nafaqat qizil gilam bo‘ylab yurdi, balki mashhurlar orasida zalda o‘tirdi. U hatto kichik Robert Dauni “Oppengeymer”dagi yordamchi roli uchun mukofotni qo‘lga kiritganida qarsak ham chaldi. To‘g‘ri, keyinroq ma’lum bo‘lishicha, it panjalari soxta ekan.

Ken obrazidagi Rayan Gosling

Oqshomning yana bir diqqatga sazovor joyi Rayan Goslingning ijrosi bo‘ldi. Aktyor pushti kostyumda paydo bo‘ldi va “Barbi” filmidagi “I’m just Ken” qo‘shig‘ini ijro etdi. Gosling orzu qilingan haykalchani olmagan bo‘lsa-da, u o‘sha oqshom tomoshabinlar mehrini qozona oldi.

“Umid qilamizki, Kenning energiyasi Rayan Goslingni hech qachon tark etmaydi”, — deb yozadi foydalanuvchilar.

Sarosimaga tushgan Al Pachino

Mashhur amerikalik aktyor bilan bo‘lgan lahzalar ham memlar to‘plamiga kirdi. 84 yoshli Al Pachino “Oskar”ning asosiy nominatsiyasida g‘olibni e’lon qilish uchun sahnaga chiqdi.

Biroq intrigani saqlab qolish o‘rniga aktyor sarosimaga tushib g‘o‘ldiradi: “O‘nta ajoyib film nominatsiyaga qo‘yilibdi, lekin faqat bittasi eng yaxshi film mukofotini oladi. Buning uchun men konvertni ochishim kerak. Mana va mening ko‘zlarim “Oppengeymer”ni ko‘rdi” , — degan u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »