Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yuqori reytinglarga ega bo‘lgan ko‘plab klassik filmlar haqli ravishda olishlari kerak bo‘lgan mukofotga munosib ko‘rilmagan. “Oskar”siz bo‘lsa-da, haqiqiy kinematografiya afsonalariga aylangan ajoyib filmlar haqida ma’lumot beramiz.

“Taksichi”

Martin Skorseze rejissyorlik qilgan dramatik triller 1976-yilda ekranlarga chiqqan va ko‘plab tomoshabin va kino tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan, lekin “Oskar” oltin haykalchasini olmagan. Vyetnam urushi veterani Trevis Bikle haqidagi voqealar Nyu Yorkda yuz beradi. Asosiy qahramon, surunkali uyqusizlikdan aziyat chekib, tungi taksi haydovchisi bo‘lib ishga joylashadi va dahshatli voqealarning guvohiga aylanadi.

“Yashil maskan”

“Oskar”ni olmagan yana bir mashhur film Frenk Darabontning “Yashil maskan” filmidir. Mistik drama 1991-yilda Stiven King romani asosida suratga olingan. Syujet Jon Koffi ismli g‘ayrioddiy xarakterdagi odamga bag‘ishlangan: u qilmagan jinoyati uchun qamoqqa olinadi. Ezgulik va yovuzlik haqidagi mazkur filmda xudbin odamlarning axloqsiz xatti-harakatlari qoralanadi.

“Shoushenkdan qochish”

Frenk Darabont tomonidan Stiven King romani asosida suratga olingan “Shoushenkdan qochish” filmi ham kinomanlar orasida mashhur. Filmdagi voqealar “Shoushenk” — Yangi Angliyaning eng qattiq rejimdagi qamoqxonasida bo‘lib o‘tadi. Xuddi shu joyga sud qarori bilan xotini va uning o‘ynashini o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan muvaffaqiyatli bankir Endi Dyufreyn yuboriladi. O‘ziga yot bo‘lgan muhitda qolgan Endi qamoq qonunlarini o‘rganadi va yangi hayot sharoitlariga moslashishga harakat qiladi.

“Avatar”

Jeyms Kemeronning kult filmi “Avatar” butun dunyoda chinakamiga sensatsiya qilishi bilan bir qatorda, kino tarixidagi eng yirik kassa yig‘uvchi filmga aylandi. Kemeron va uning jamoasi ilmiy-fantastik filmda yangi, rang-barang olamni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu tomoshabinlarni hayratga solgan bo‘lsa-da, kinokartina oltin haykalchaga munosib ko‘rilmadi. “Avatar”ni kino sanoatida texnologik yutuq deb tan olishga yordam bergan ajoyib maxsus effektlar yaratilganidan tashqari, rejissyor film orqali global miqyosdagi bir qator muammolar: ekologiya, genotsid, kolonizatsiya va tub aholining madaniyatini yo‘q qilishni ko‘tarib chiqadi.

“Uoll-Strit bo‘risi”

Martin Skorseze tomonidan suratga olingan, Leonardo Di Kaprio va Margo Robbi bosh rollarni ijro etgan biografik jinoiy komediyada 1980-yillarning biznes cho‘qqisiga chiqish sarguzashtlari hikoya qilinadi.

Qiziqarli syujet, ajoyib yumor va, albatta, aktyorlik mahorati tomoshabinlar hamda kino tanqidchilarni befarq qoldirmadi. “Uoll-strit bo‘risi” nafaqat moliyaviy muvaffaqiyatga erishadi, balki qayta-qayta tomosha qilish mumkin bo‘lgan afsonaviy filmga aylanadi. Komediya prizmasi orqali Skorseze jamiyat va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mavzularga to‘xtalib o‘tadi. Insonning ahmoqligi va faqat moddiy narsalarga bo‘lgan intilishning ustidan kulib, tez ko‘tarilishlar har doim ham xuddi shunday tez tushishlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatib beradi. 2014-yilda “Uoll-strit bo‘risi” beshta “Oskar”ga nomzod bo‘ladi, biroq ularning birortasida ham g‘olib chiqolmaydi.

“Grand Budapesht mehmonxonasi”

Amerikalik rejissyor Ues Anderson o‘zining noyob uslubi va takrorlanmas taqdimoti bilan tanilgan. 2014-yilda uning eng mashhur ishlaridan biri bo‘lgan “Grand Budapesht mehmonxonasi” filmi namoyish etiladi. Afsonaviy film mehmonxona boshqaruvchisi Gustav va uning yosh do‘sti — xizmatchi Zero Mustafaning qiziqarli sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Kino tomoshabin va kino tanqidchilar tomonidan zavq bilan kutib olinadi, ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ladi va kino sanoatining asosiy mukofoti uchun to‘qqizta kategoriyada nomzod etib tanlanadi. Taqdimot marosimi natijalariga ko‘ra, “Grand Budapesht mehmonxonasi” filmi kostyumlar, grim, soch turmaklari, saundtrek va sahna rassomi ishi uchun mukofotlarga sazovor bo‘ladi, lekin kutilgan nominatsiyalarda — “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi ssenariy”, “Eng yaxshi kinooperator ishi” va “Eng yaxshi montaj” kategoriyalarida mag‘lubiyatga uchraydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »