Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston Ulamolar kengashi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda savdogarlardan Ramazon oyida oziq-ovqat narxini oshirmaslikni, balki arzonlashtirishni so‘radi. Bu haqda AsiaPlus xabar berdi.

Foto: “Sputnik”

Abdulqodirzoda Ramazon oyida narxlarning sunʼiy ravishda ko‘tarilishi savdogarlarga “tashvish, muvaffaqiyatsizlik va xavotirdan boshqa narsa keltirmasligi”ni ta’kidladi.

Bizda yog‘, un, meva taqchil emas, hamma omborlar to‘la. Birinchi darajali zarur tovarlar va boshqa mahsulotlar narxini sun’iy ravishda oshirish, muborak Ramazon oyidan suiiste’mol qilish katta gunoh bo‘lib, uning oqibatlari ham yomon bo‘ladi, — dedi Tojikiston muftiysi.

U barcha savdogarlarni, bozor va do‘konlarda ishlayotganlarni muborak oyda har kuni xayr-ehson qilishga, narxlarni ko‘tarishga emas, balki pasaytirishga chaqirdi.

Chunki hech bir ish mukofotsiz qolmaydi, bu ish yaxshi niyat bilan amalga oshirilsa, yaxshi mukofot keltiradi, – deydi Abdulqodirzoda.

O‘tgan yillarda ham muftiy savdogarlardan Ramazon oyida oziq-ovqat narxini oshirmaslikni so‘ragan. Biroq, bu chaqiriq savdogarlar tomonidan e’tiborsiz qolmoqda.

Tojikiston aholisi har yili Ramazon oyida oziq-ovqat narxining oshishidan shikoyat qiladi. Ular ayrim savdogarlar muborak oydan tovarlar narxini oshirish uchun foydalanayotganidan xavotir bildiradi, Ramazondan keyin yuqori narxlar deyarli pasaymaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »