Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hind kinosida ko‘plab mashhur aktyorlar bor, ular xayriya ishlarida faol. Ammo ulardan ba’zilari jamiyatda yaxshilik namunasini yaratish orqali ijtimoiy jihatdan yordam berishga jiddiy kirishgan.

Akshay Kumar

Akshay Kumar — Bollivudning yetakchi aktyorlaridan biri, xayriya ishlari bilan ham tanilgan. Akshay Kumar Maharashtraning Maratvada hududida qurg‘oqchilik bo‘lganida o‘z joniga qasd qilgan yoki juda katta qarzga botgan fermer oilalariga moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Bundan tashqari, u ko‘plab ijtimoiy loyihalarga homiylik qilishi bilan ham tanilgan.

Dipika Padukone

Bir vaqtlar o‘zi ham depressiyadan azob chekkan Dipika Padukone shu muammo bilan og‘rigan, lekin jiddiy qabul qilinmagan minglab odamlarga yordam berishga qaror qiladi. Shuning uchun u keyinchalik tashvish yoki depressiyaga duchor bo‘lgan odamlar uchun maxsus mo‘ljallangan Live Love Laugh Foundation fondiga asos solgan.

Sonu Sud

Sonu Sud ishchi-migrantlarga tug‘ilgan shaharlariga xavfsiz yetib olishlari uchun yordam bergan. U mingdan ortiq talaba va ishchilarga to‘siqsiz ta’lim olishlari uchun velosipedlar ham tarqatgan.

Nandita Das

Nandita Das — Leapfrog nomli nodavlat tashkilotning asoschilaridan biri, uning maqsadi turli sohalarda ijtimoiy xabardorlik g‘oyasini ijobiy uslubda yetkazishni niyat qilgan qisqa klip va filmlar yaratish. Bundan tashqari, u yaqinda “Dark is Beautiful” (“Qora ham chiroyli”) deb nomlangan kampaniyani ishga tushirdi, bu loyiha qorachadan kelgan odamlar haqidagi eski qarashni inkor qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Shabana Azmi

Shabana Azmi har doim ijtimoiy faol sifatida tanilgan, uning asosiy maqsadi — ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini, ularning xavfsizligini kengaytirishdir. U turli platformalardan (onlayn/oflayn) foydalangan, kampaniyalarda ishtirok etgan va o‘zining bir nechta filmlarida buni ommaga namoyish etgan. Shuningdek, u OITS bilan bog‘liq stereotiplarga qarshi kampaniya ham olib borgan.

Nana Patekar

Nana Patekar Maharashtrada qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan oilalar va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun NAAM Foundation nomli ijtimoiy ta’minot guruhiga asos solgan. Bundan tashqari, u shu hodisada vafot etgan fermerlarning bevalariga moliyaviy yordam sifatida pul xayriya qilgan.

Diya Mirza

Diya Mirza nafaqat aktrisa sifatida tanilgan, balki Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Hindiston vakili sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Hindistonning elchisi hisoblanadi. U tozalikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, yovvoyi tabiatni himoya qilish guruhlarida va nodavlat tashkilotlarida ko‘plab kampaniyalarda ishtirok etgan. Uning asosiy maqsadi jamiyatga atrof-muhitning zararlanish manbalarini ma’lum qilish bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »