Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron agar Rossiya Ukrainada g‘alaba qozonsa, Yevropa xavfsiz bo‘lmasligini aytdi. Makron TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusida ukrainlarga yordam berish, qo‘shin yuborish va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadro tahdidlari haqida gapirdi.

Foto: Reuters

Yevropa birligi haqida

Emmanuel Makron urush uchun javobgarlik faqat Rossiya zimmasida ekanini ta’kidladi.

“Bizning mas’uliyatimiz tinchlik yo‘lida kuchli bo‘lish, Yevropa birligini qo‘llab-quvvatlashdir. Birligimizni saqlash — tiyib turish, qarshilik ko‘rsatish va xavfsizligimiz uchun kuchli bo‘lishni anglatadi”, — dedi u.

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash haqida

Fransiya prezidenti Ukrainaga yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan yoki bu masalada betaraf qolgan mag‘lubiyat yo‘lini tanlashini aytdi.

“Agar Ukraina qulasa, xavfsizligimiz xavf ostida qoladi. Hozirda biz Rossiya eskalatsiyani davom etsa, vaziyat yomonlashsa, tayyor bo‘ladigan vaqtdamiz. Tayyorgarlik uchun esa Rossiya hech qachon g‘alabaga erishmaydigan qarorlarni qabul qilishga shay bo‘limishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Kreml rejimi haqida

Makron keng ko‘lamli urush boshida Putin bilan bo‘lgan telefon suhbatlarini esladi.

“Vatandoshlarimiz biz duch kelayotgan vaziyat uchun faqat bitta shaxs mas’ul ekanini tushunishlarini istayman: Kreml rejimi. Men Vladimir Putin bilan hammadan ko‘ra ko‘proq gaplashgan mas’ul rahbarman. Bu suhbatlar shaxsiy emas va ularni bu yerda shaxsiylashtirmoqchi emasman. Bundan hech qanday ma’no yo‘q. Shuning uchun agar urush tarqalib ketsa, Yevropada tarqalsa, bu Rossiyaning yagona tanlovi bo‘ladi va mas’uliyati uning zimmasida.

Albatta, bugungi kunda Rossiya raqib. Kreml rejimi esa dushman. Men doim aytganman, biz Rossiya va rus xalqi bilan urushayotganimiz yo‘q va Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz. Ukraina Rossiyani nazorat ostiga olishi uchun hamma narsa qilyapmiz, chunki suverenitet bo‘lmasa, Ukraina xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari, jumladan, Qrimni qaytarib olmasa, barqaror tinchlik bo‘lmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Fransiyaning urushga tayyorligi

Prezident Fransiyada yuqori intensiv hududiy urushlarga moslashtirilgan mudofaa sanoati yo‘qligini tan oldi.

“Bugun Ukrainada tinchlik bo‘lishi uchun biz kuchsiz bo‘lmasligimiz kerak, shuning uchun vaziyatga hushyorlik bilan qarashimiz va qat’iyat, iroda, jasorat bilan aytishimiz kerakki, maqsadimizga erishish uchun, jumladan, Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun resurslarni sarflashga tayyormiz. Mas’uliyat bizning bo‘ynimizda”, — dedi Makron.

Yadro qurollari haqida

Yadro qurollari Fransiyaning zimmasiga hech qachon eskalatsiyada ishtirok etmaslik majburiyatini yuklaydi, dedi prezident.

“Biz tayyormiz, bizda mustahkam doktrina bor, yadroviy masalalarga kelganda esa ko‘p so‘z kerak emas. Yadroviy imkoniyatlarimiz birinchi navbatda xavfsizlikni taʼminlaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Bugungi kunda dunyoda taxminan 13 080 ta yadro kallaklari mavjud. Quyidagi davlatlar yadro quroliga ega:

  • Rossiya — 6257 ta (1458 faol, 3039 yaroqli, 1760 eskirgan);
  • AQSH — 5,550 ta (1,389 faol, 2,361 yaroqli, 1,800 eskirgan);
  • Xitoy — 350 ta mavjud (yadro arsenalini faol ravishda kengaytirmoqda);
  • Fransiya — 290 ta;
  • Buyuk Britaniya — 225 ta;
  • Pokiston — 165 ta;
  • Hindiston — 156 ta;
  • Isroil — 90 ta;
  • Shimoliy Koreya — 40-50 ta (taxminiy).

Fransiya xavfsizligi

Makronning aytishicha, mamlakat o‘z maqsadiga erishish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi.

“Chunki Rossiya g‘alaba qozonsa, fransuzlar hayoti qanday o‘zgaradi? Yevropada boshqa xavfsizlik bo‘lmaydi. Kim o‘z majburiyatlarini ham, cheklovlarni ham hurmat qilmagan Putin erishganlari bilan to‘xtab qoladi deb o‘yladi? Fransuzlarning xavfsizligi xavf ostida. Bu bizning hayotiy manfaatlarimizdir”, — ta’kidladi Makron.

26-fevral kuni Makron Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga qo‘shin kiritilishi ehtimolini rad etmadi. U bu Kiyevni qo‘llab-quvvatlash variantlaridan biri ekanini ta’kidlagan. Makronning tashabbusi Buyuk Britaniya, Vengriya, Italiya, Slovakiya, Chexiya va Shvetsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan.

Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »