Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy yadro arsenaliga ega davlatlarga “bir-birlariga qarshi yadroviy qurolni birinchi bo‘lib foydalanmaslik to‘g‘risida” shartnoma tuzishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Southwest Journal

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Qurol nazorati departamenti bosh direktori Sun Syaobo Jenevada bo‘lib o‘tgan Qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada yadroviy qurolga ega davlatlarni BMT konvensiyasiga muvofiq yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha “maxsus va ustuvor vazifalarini” bajarishga chaqirdi.

Unga ko‘ra, tegishli konferensiya yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlarni yadroviy tahdiddan himoya qiladigan xalqaro huquqiy hujjatning yo‘l xaritasi yoki jadvalini belgilashi kerak.

“Yadro quroliga ega davlatlar muzokara olib borishi va bir-biriga qarshi birinchi bo‘lib foydalanmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishi yoki bu borada siyosiy bayonot berishi kerak”, — dedi Sun.

Bugungi kunda dunyoda taxminan 13 080 ta yadro kallaklari mavjud. Rossiya va AQSH dunyodagi eng yirik yadro arsenaliga ega. Xitoy va Hindiston esa “birinchi bo‘lib foydalanmaslik” siyosatiga rasman amal qiladigan yagona yadroviy qurolga ega davlatlardir.

Bundan tashqari, xitoylik diplomat xalqaro me’yorlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratish va sun’iy intellekt, koinot va kiberkosmos kabi sohalarda yangi ilmiy va texnologik muammolarga qarshi turish zarur, deb hisoblaydi.

U xalqaro strategik xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni yangi muammolarga duch kelayotgani va harbiy qudrati yuqori davlatlar “mutlaq ustunlikka erishish” uchun bir necha bor “shartnomalarni buzgan”ini ta’kidladi.

Qaysi davlatlar yadro quroliga ega?

  • Rossiya — 6257 ta (1458 faol, 3039 yaroqli, 1760 eskirgan);
  • AQSH — 5,550 ta (1,389 faol, 2,361 yaroqli, 1,800 eskirgan);
  • Xitoy — 350 ta mavjud (yadro arsenalini faol ravishda kengaytirmoqda);
  • Fransiya — 290 ta;
  • Buyuk Britaniya — 225 ta;
  • Pokiston — 165 ta;
  • Hindiston — 156 ta;
  • Isroil — 90 ta;
  • Shimoliy Koreya — 40-50 ta (taxminiy).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »