Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy AQSHga qarshi turishga mo‘ljallangan yadro arsenalini qurmoqda. Eng muhimi, bu Rossiya-Ukraina urushi tajribasini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda, deb yozadi The New York Times.

Foto: The New York Times

Xabarga ko‘ra, Si Szinpin hukmronligining dastlabki kunlaridanoq yadro quroliga tayangan. Xitoy “taxtiga” ko‘tarilganidan uch hafta o‘tmay u yadroviy raketalar bo‘yicha mas’ul generallarni yig‘ib, keskin talab qo‘ygan: Xitoy “dahshatli dushman” bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy to‘qnashuvga tayyor bo‘lishi kerak.

Si janoblarining yadroviy masalalar bo‘yicha ommaviy bayonotlari shablonli edi. Ammo uning yopiq eshiklar ortidagi izohlari xavotir va ambitsiya Xitoyning so‘nggi o‘n yil ichida o‘z yadroviy qurollari arsenalini o‘zgartirishga majbur qilganini ko‘rsatadi, — deb yozadi NYT.

Endi Xitoyning yadroviy salohiyati oshgani sababli, uning harbiy strateglari yadro quroliga nafaqat mudofaa qalqoni, balki dushmanlarni qo‘rqitish va bo‘ysundirish uchun potensial qilich sifatida qaraydi.

NYT ta’kidlashicha, hatto yadro qurolidan foydalanmasa ham, Xitoy boshqa mamlakatlarni Pekin irodasiga qat’iy qarshilik ko‘rsatishdan ogohlantirish uchun “o‘z raketalarini jalb qilishi” mumkin.

Kuchli strategik to‘xtatuvchi vosita urush boshlanmasdan dushmanni shoshilinch harakatlardan chekinishga majbur qilishi mumkin. Kim ilg‘or texnologiyaga ega bo‘lsa va changni ortda qoldiradigan strategik to‘xtatuvchi qurollarni ishlab chiqsa, u tinchlik davrida kuchli ovozga ega bo‘ladi va urush paytida tashabbuskor bo‘ladi, — deb yozgan 2001-yilda Xitoy Milliy mudofaa universiteti tadqiqotchisi Chen Szyanzi.

Si Szinpin 2012—2013-yillar oxirida hokimiyat tepasiga kelganidan beri Xitoy yadro arsenalini ikki barobarga oshirib, uni 500 ga yaqin kallakka yetkazdi. Bu sur’atda Pekinda 2035-yilga borib 1500 ga yaqin jangovar kallaklar bo‘ladi, buni AQSH va Rossiyaning yadroviy arsenallari bilan solishtirish mumkin.

Muhimi, Xitoyning o‘sib borayotgan yadroviy salohiyati Tayvanning kelajagini belgilashi mumkin. Yaqin yillarda Pekin Vashington va uning ittifoqchilarining orol yuzasidan har qanday mojaroga aralashuvini cheklay olishiga ishonch hosil qilishi mumkin.

Buni qo‘llab-quvvatlashda xitoylik harbiy tahlilchilar Yevropa va AQSHni urushda Ukrainani faolroq qo‘llab-quvvatlashdan qaytarish uchun G‘arbni yadroviy eskalatsiya bilan muvaffaqiyatli shantaj qilgan Kreml misolini keltirgani e’tiborga molik, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »