Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy Tayvandagi prezidentlik saylovlari g‘olibini G‘arb davlatlari tabriklagani sababli keskin noroziligini bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Reuters

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning xorijdagi elchixonalari 14-yanvar kuni Tayvandagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Uilyam Layni qo‘llab-quvvatlashdan ogohlantirdi. AQSH va Buyuk Britaniya Xitoyning bevosita tanqid qilish obyektiga aylandi. Xitoy ularning Uilyam Lay g‘alabasiga munosabatini “Tayvanning mustaqillikka erishish intilishlari uchun noto‘g‘ri signal” deb atadi.

“Xitoy Qo‘shma Shtatlar va Tayvan o‘rtasidagi rasmiy muloqotning har qanday shakliga har doim so‘zsiz qarshi bo‘lib kelgan va AQSHning Tayvan ishlariga har qanday shakl yoki kontekstdagi aralashuvini qat’iyan rad etadi”, — dedi Xitoy TIV.

Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylov g‘olibini Germaniya, Yaponiya, Chexiya va boshqa bir qator davlatlar hukumatlari ham tabrikladi.

“Tayvan Xitoyning ajralmas qismidir va alohida davlatga aylanmaydi, u Xitoy tarkibiga qaytadi”, — dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.

Shuningdek, u Tayvanning Xitoyga tegishli ekani 1943-yilda Qohira konferensiyasi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan deklaratsiya bilan bog‘liqligini ta’kidladi: bu hujjatga ko‘ra, Yaponiya tomonidan XXRdan tortib olingan barcha hududlar Xitoy tomoniga qaytarilishi kerak edi.

Van I tashqi o‘yinchilarni Xitoyning ichki ishlariga aralashishdan ogohlantirdi va Pekin “bunday qadamlarga qatʼiy javob berishini” taʼkidladi. 

“Tayvanni mustaqil davlat deb e’lon qilish rejalari o‘tmishda muvaffaqiyatli bo‘lmagan va hozir ham, kelajakda ham bo‘lmaydi”, — diplomat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »