Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayvan “albatta” Xitoy bilan birlashadi, dedi Xitoy yetakchisi Si Szinpin mamlakat asoschisi Mao Szedun tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan nutqida. Bu haqda Nikkei Asia xabar berdi.

Foto: Getty Images
“Biz kimlardir qandaydir yo‘llar bilan Tayvanni Xitoydan ajratishiga qat’iy to‘sqinlik qilamiz”, — dedi Si.

Tayvan 1949-yilda Xitoydan mustaqilligini e’lon qilgan. Pekin hamon orolni o‘zining separatist viloyati deb biladi. Biroq Taypey XXR taklif qilgan “Bir davlat, ikki tizim” modelini rad etib keladi.

Avvalroq CNBC Si Szinpin Amerika prezidenti Jo Bayden bilan noyabr oyida San-Fransiskodagi uchrashuvi chog‘ida Tayvanni materik Xitoy bilan birlashtirishga va’da bergani haqida yozgandi. Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, uchrashuv oldidan Xitoy tomoni Baydendan Xitoyning Tayvan bilan tinch birlashish jarayonini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, orol mustaqilligi AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotganini ochiq eʼlon qilishni so‘ragan. Oq uy bu talabni rad etgan.

Si Szinpin Pekin tinch yo‘l bilan birlashishni afzal ko‘rishini ta’kidlagan. CNBC xabariga ko‘ra, Xitoy rahbari Tayvanda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari va AQSHning ularga ta’siridan ham xavotir bildirgan. Bayden esa uni oroldagi saylov jarayonini hurmat qilishga chaqirgan. Bunga javoban Si “tinchlik yaxshi, ammo Pekin vaziyatni hal qilishi kerak” deb aytgan.

2022-yilning kuzida, partiya qurultoyida Si Szinpin tashqi kuchlar vaziyatga aralashgan taqdirda Tayvanga qarshi kuch ishlatishga tayyorligini ochiqchasiga e’lon qildi. U armiyani haqiqiy jangovar harakatlarga tayyorlash zarurligini bir necha bor ta’kidlagan. Pekin Tayvanga egalik qilish masalasida murosaga kelish imkoniyatini istisno qilib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »