Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy sun’iy yo‘ldosh tashuvchi raketani uchirgach, Tayvan hukumati buni xavf deb o‘ylab, aholiga noto‘g‘ri ogohlantirishini yubordi. Keyinroq orol Mudofaa vazirligi materikka raketa qoldiqlari tushgani haqida xabar berdi.

Tayvan aholisiga mobil telefon orqali yuborilgan ogohlantirishda parchalari orolga tushishi mumkin bo‘lgan Xitoy sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi haqida aytilgan. Al-Jazeera nashrining yozishicha, inglizcha versiyada ogohlantirish “havo hujumi” degan ibora bilan ifodalangan. Mudofaa vazirligi xato uchun uzr so‘radi.

Foto: Google Images

“Xitoy sun’iy yo‘ldosh uchirdi. Raketa Tayvanning janubiy havo hududidan o‘tganida trayektoriya kutilmaganda atmosferani tark etdi”, — deyiladi harbiy departamentning X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) bayonotida.

Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) raketa muvaffaqiyatli uchirilgani haqida e’lon qildi — sun’iy yo‘ldosh zondi qora tuynuklar va boshqa kosmik hodisalarni qayd etishda qo‘llaniladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »