Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bloomberg xabariga ko‘ra, Tayvan atrofida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan urush jahon iqtisodiyotiga 10 trillion dollarga tushishi mumkin. Bu global yalpi ichki mahsulotning qariyb 10 foiziga teng.

Agentlik ikki xil ssenariyni ko‘rib chiqqan tahlilchilarning hisob-kitoblaridan kelib chiqib bu haqda ma’lum qildi.

Agar Xitoy Tayvanga bostirib kirsa, bu holda AQSH ham mojaroga tortiladi va orolning savdo ishlari bloklanadi.

Foto: Google Images

Urush boshlansa, ekspertlar quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini aytishmoqda:

  • Tayvan bilan savdo 100 foizga pasayadi;
  • Tayvan yalpi ichki mahsuloti 40 foizga, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 16,7 foizga, AQSH yalpi ichki mahsuloti 6,7 foizga kamayadi;
  • global yalpi ichki mahsulot 10,2 foizga pasayadi (Sharqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Janubiy Koreya va Yaponiya eng ko‘p zarar ko‘radi).

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Tayvan orolining blokadasi quyidagi oqibatlarga olib keladi:

  • Tayvan yalpi ichki mahsuloti 12,2 foizga, Xitoyniki 8,9 foizga, AQSHniki 3,3 foizga kamayadi;
  • Jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi 5 foizni tashkil qiladi.

Tahlilchilar voqealarning har qanday rivojlanishidagi asosiy muammoni Tayvanda ishlab chiqarilgan chiplar va yarimo‘tkazgichlarning yo‘qolishi deb hisoblamoqda.

Agentlik ta’kidlaganidek, Taiwan Semiconductor Manufacturing Co kompaniyasining 20 ta eng yirik mijozlarining umumiy bozor kapitallashuvi taxminan 7,4 trillion dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, Tayvan bo‘g‘ozi dunyodagi eng gavjum yuk tashish yo‘llaridan biri hisoblanadi.

Bloombergning yozishicha, Tayvandagi vaziyat 13-yanvarga belgilangan prezidentlik saylovlariga bog‘liq. Bu lavozim uchun hukmron Demokratik progressiv partiyadan nomzod Lay Tsinde, shuningdek, muxolifat nomzodlari Xou Yui va Ke Vanchje da’vogarlik qilmoqda. Birinchisi Xitoy bilan munosabatlarni buzmoqchi emas, lekin o‘tmishda u o‘zini “Tayvan mustaqilligi uchun pragmatik kurashchi” deb atagan. Qolgan ikki nomzod orolning amalda mustaqilligini qurbon qilmasdan Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilash uchun “pragmatik qadamlar” qo‘yishga va’da berdi.

Xitoy Tayvanni o‘z hududi deb biladi. Xitoy rahbari Si Tszinpin AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda Tayvan masalasi Pekin uchun qizil chiziq ekanligidan ogohlantirdi. 2023-yil sentabr oyida Xitoy hukumati orol bilan integratsiyani chuqurlashtirish rejasini taqdim etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »