Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari reytingida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: AP Photo

2023-yil AQSH yalpi ichki mahsuloti nominal ko‘rinishda 6,3 foizga (ya’ni inflyatsiya hisobga olinmagan holda), Xitoyda esa 4,6 foizga o‘sdi.

“Bunday ko‘rsatkichlar Amerika iqtisodiyoti Covid-19 pandemiyasining oqibatlarini Xitoynikiga qaraganda samaraliroq yengayotganidan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining Xitoy bo‘limi sobiq rahbari Esvar Prasadning ta’kidlashicha, Xitoy muammolari fonida AQSH iqtisodiyotini ortda qoldirishi dargumon.

“Bu taqdirning ajoyib burilishi”, — deb qo‘shimcha qildi Prasad.

AQSHning ijobiy moliyaviy natijalari fond bozoridagi vaziyatdan ham dalolat beradi. Jumladan, mamlakatning qimmatli qog‘ozlari bu hafta rekord darajaga yetdi, Xitoy qimmatli qog‘ozlari esa muammoga duch keldi. 

2023-yil boshida ko‘plab tahlilchilar Federal zaxira tizimi o‘nlab yillar davomida rekord darajadagi inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun asosiy stavkani oshirgani sababli AQSHda retsessiya bo‘lishini prognoz qilishgan.

Retsessiya — iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil, kritik bo‘lmagan pasayishi yoki iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi.

Ekspertlar Xitoyning tez tiklanishini prognoz qilgan, chunki hukumat qattiq Covid cheklovlaridan keyin iqtisodiyotni ochishga qaror qildi. Biroq 2023-yilda ko‘rilgan choralarga qaramay, Xitoyning tashqi savdo hajmi qisqardi va yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik keskin o‘sdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »