Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tayvan mustaqilligi” masalasi Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy masalasi hisoblanadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Tayvan masalasi Xitoyning ichki ishi bo‘lib, Tayvandagi saylovlar bu hudud Xitoyning bir qismi ekani bo‘yicha haqiqatni o‘zgartira olmaydi. Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlik uchun eng katta xavf bu “Tayvan mustaqilligi” mavzusidagi gap-so‘zlar. Xitoy va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy muammosi ham shu masala bo‘lib qoldi”, — dedi u.

Foto: Google Images

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini tasdiqlagan edi. Shu bilan birga, Oq uy AQSH Tayvanda tinchlik tarafdori ekanini, biroq mintaqaga qurol yetkazib berishdan bosh tortmasligini ham ta’kidlagan.

11-yanvar kuni Xitoy TIV bergan bayonotda Tayvan masalasi Xitoy—Amerika munosabatlaridagi birinchi qizil chiziq ekani, uni bosib o‘tish mumkin emasligi aytib o‘tilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »