Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tayvanda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yuzasidan bayonot berdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Unda aytilishicha, O‘zbekiston tomoni Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

“ ‘Yagona Xitoy’ tamoyilini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor ma’lum qilamiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ikki sohil o‘rtasidagi munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishining qat’iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tayvanda prezidentlik saylovlari 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi va unda 40,2 foiz ovoz bilan orolning mustaqilligi tarafdori bo‘lgan Uilyam Lay g‘alaba qozondi. Saylovlar arafasida Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Layni “tinchlikni buzuvchi” deb atagan. 

Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylov g‘olibini Germaniya, Yaponiya, Chexiya va boshqa bir qator davlatlar hukumatlari ham tabrikladi. Xitoy Tayvandagi prezidentlik saylovlari g‘olibini G‘arb davlatlari tabriklagani sababli keskin noroziligini bildirdi.  

“Tayvan Xitoyning ajralmas qismidir va alohida davlatga aylanmaydi, u Xitoy tarkibiga qaytadi”, — dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »