Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoylik keksa ayol 20 million yuan (2,8 million AQSH dollari) miqdoridagi boyligini mushuk va itlariga qoldirib, bolalariga hech narsa bermaslikka qaror qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Illyustrativ foto: iStock

Shanxaylik Liu familiyali ayol bir necha yil avval vasiyat qilib, uch farzandiga pul va mol-mulk qoldirgan. Biroq kasal bo‘lganida bolalari uning holidan xabar olmagani sababli meros haqidagi fikrini o‘zgartirgan. Shu tariqa u boyligi o‘limidan keyin uy hayvonlari va ularning nasllarini parvarish qilish uchun sarflanishi kerakligini ta'kidladi.

Xitoyda hayvonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri vasiyat qilish mumkin emasligi sababli ayol veterinariya klinikasini meros ma’muri etib tayinladi. Klinika mutaxassislari mushuk va itlarga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak. Shu bilan birga, rasmiylar ayolni hali ham qarorini o‘zgartirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

“Biz Lyuga agar farzandlarining unga nisbatan munosabati o‘zgarsa, u xohlagan vaqtda o‘z xohish-irodasini yana o‘zgartirishi mumkinligini aytdik”, — deydi rasmiylardan biri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »