Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi. Tegishli hujjat Rossiyaning “VCHK-OGPU” loyihasi Telegram kanalida chop etildi.

Foto: “TASS”

2023-yil 2-martdagi hujjatga ko‘ra, tadbirkor barcha mol-mulkini 25 yoshli o‘g‘li Pavelga vasiyat qilgan.

“O‘lim daqiqamda menga tegishli bo‘ladigan barcha mol-mulkim, u nimaligi va qayerda joylashganidan qat’i nazar, shuningdek , kelajakda menga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mol-mulkimni Pavel Yevvgeniyevich Prigojinga vasiyat qilaman”, — deyiladi hujjatda.

Vasiyatnoma shartlariga ko‘ra, Pavel meros hisobidan Prigojinning bevasi, qizlari va onasi Violetta Prigojina uchun “munosib yashashni ta’minlashi” kerak. Prigojina nafaqaxo‘r sifatida merosning 10 foizini olish huquqiga ega.

Manbaga ko‘ra, Prigojinlar oilasida marhumning mulki notekis taqsimlanishi fonida mojaro boshlangan. Prigojin bevasi va qizlariga hech narsa vasiyat qilmagan. Shu bilan birga, “Vagner” asoschisi tirikligi paytida sobiq xotiniga ajralish vaqtida mulkning bir qismini bergan.

OAV xabarlariga ko‘ra, Pavel Prigojin Sankt-Peterburgda, Laxta viloyatida taunxaus turar joyi va uning ostidan yer uchastkasini oladi. Umumiy kadastr qiymati 32,5 million rublni (taxminan 329 ming dollar) tashkil qiladi.

Prigojin aviahalokati

Yevgeniy Prigojin 23-avgust kuni Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan shaxsiy samolyoti Tver viloyatida qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

U bilan birga uning “Vagner”dagi safdoshlari ham o‘ldi. Samolyot halokatiga aynan nima sabab bo‘lgani haqida turli xil versiyalar mavjud: bortdagi portlashdan tortib raketa hujumigacha.

Prigojinning dafn marosimi 29-avgust kuni “yopiq formatda” Sankt-Peterburgdagi “Poroxovskoe” qabristonida bo‘lib o‘tdi. Vidolashuv marosimida 30 nafargacha odam ishtirok etdi, faqat yaqinlar va qarindoshlari. “Vagner” rahbari otasining qabri yoniga dafn etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »