Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyalik tadbirkor Nikolas Puech o‘zining sobiq bog‘bonini asrab olish jarayonini boshladi. Hermes modalar uyining 6 foizga yaqin aksiyalariga egalik qiluvchi tadbirkor boyligining kamida yarmini asrab olingan o‘g‘liga qoldirmoqchi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: NewsBytes

80 yoshli Nikolas Puech barcha pullari o‘zi asos solgan Isocrates Foundation fondiga o‘tishini nazarda tutuvchi vasiyatini bekor qilmoqchi. Buning o‘rniga u sobiq bog‘bonni asrab olmoqchi va unga 12 milliard yevroga baholangan boyligining kamida yarmini qoldirmoqchi.

Puechning farzandlari yo‘q. Vasiyatnoma shartlariga ko‘ra, agar milliarder to‘satdan ota bo‘lmasa, uning Hermes kompaniyasidagi barcha ulushi Isocrates fondiga o‘tishi kerak. Agar tadbirkorning farzandi (qondosh yoki asrab olingan) bo‘lsa, u merosning bir qismini talab qilishi mumkin. Agar u o‘g‘il bo‘lsa, tadbirkorga tegishli boylikning yarmini oladi.

Isocrates Foundation allaqachon “yuridik nuqtayi nazardan, vasiyatnomaning bir tomonlama bekor qilinishi haqiqiy emas va asossiz” ekanini ta’kidlagan. Fond o‘z ta’sischisining bog‘bonni asrab olish qaroriga qarshi chiqqan. Tashkilot vakillari Puech bilan meros masalasini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Puech o‘zining markali shoyi sharflari va charm sumkalari bilan mashhur Hermes kompaniyasining 5,7 foiziga egalik qiladi. Hermes aksiyalarining umumiy qiymati hozirda taxminan 211 milliard yevroni tashkil etadi. Kompaniyani boshqaradigan Hermes oilasi dunyoda boyligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Nikolas Puech Hermes asoschisi Tyerri Ermesning beshinchi avlodi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »