Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublika hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17-mart, yakshanba kuni baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

15-mart kuni kunning ikkinchi yarmida harorat 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa havo 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha baʼzi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi.

Dam olish kunlari tog‘larda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi saqlanib turadi.

Toshkentda 15—17-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat shanba kuni kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 13-15 daraja iliq; yakshanba kuni kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »