Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi avtomobil, suv va temiryo‘l transportida bug‘doy olib kirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi loyihani tayyorladi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Foto: Kapital.kz

Qozog‘istonga uchinchi davlatlardan va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan avtomobil, suv va temiryo‘l transporti orqali bug‘doy olib kirishga 6 oy muddatga taqiq joriy etish nazarda tutilgan. Biroq, bug‘doyni temiryo‘l orqali parrandachilik va un ishlab chiqaruvchi korxonalarga olib kirishga ruxsat beriladi. Bunday bug‘doy ichki va tashqi bozorda sotilmaydi.

Shuningdek, taqiq Qozog‘iston hududi orqali olib o‘tiladigan bug‘doyga aloqador emas. Respublikaning ichki bozorida oziq-ovqat va yem-xashakning yetarli zaxiralari mavjud. Xususan, 2023-yilda 12,1 million tonna bug‘doy yig‘ib olingan. Qayta ishlash va eksportga jo‘natish hajmlarini hisobga olsa, 1-mart holatiga ko‘ra, 11,5 million tonna bug‘doy mavjud. 

Qozog‘iston Rossiyadan qo‘shimcha bug‘doy oladi, bu esa ichki bozorda talabning pasayishiga va narxlarning tushishiga olib keladi. Shunday qilib, joriy yilning yanvar oyida Rossiyadan temiryo‘l orqali 174 ming tonna bug‘doy import qilingan. Bu 2022-yil darajasidan (127,8 ming tonna) 35 foizga ko‘pdir. Yozda suv transporti orqali 29 ming tonna bug‘doy import qilingan, bu esa ichki bozorda Rossiya bug‘doyining hajmini oshiradi. Importning o‘sishi esa qo‘shni respublikada bug‘doyni sotish muammosini yanada kuchaytiradi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »