Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hukumati bug‘doy mahsulotlari narxini barqarorlashtirish maqsadida bug‘doy eksportini yarim yilga taqiqlaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: UNIAN

Eksport taqiqi 1-dekabrdan 2024-yil 31-mayga qadar davom etadi. Rossiyadan 24 million tonna don eksporti uchun kvota belgilangan. Qarorlar bojxona, tarif va tarifsiz tartibga solish bo‘yicha quyi qo‘mita tomonidan qabul qilingan. 

Rossiyadan bug‘doyni olti oyga olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlashni Qishloq xo‘jaligi vazirligi taklif qilgan. Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham YOII aʼzosi bo‘lmagan mamlakatlarga bug‘doy, arpa, makkajo‘xori va javdar eksporti uchun kvotalar belgilash tashabbusi bilan chiqqan. Ushbu chora 2024-yil 15-fevraldan 30-iyungacha amal qiladi.

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida Rossiyadan 21,4 ming tonna bug‘doy import qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »