Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston ulgurji bozorlarida oxirgi ikki hafta ichida un narxi 25-30 (taxminan 28-33 ming so‘m) somoniyga oshdi, chakana savdoda esa bir qop un narxi 50 somoniygacha (55 ming so‘m) ko‘tarilgan. Bu haqda ASIA-Plus xabar berdi.

Foto: Asia-Plus

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Tojikistondagi ulgurji savdo nuqtalarida 50 kilogram og‘irlikdagi bir qop un naviga qarab 270 dan 320 somoniygacha (299 dan 354 ming so‘mgacha) sotilmoqda. 2022-yili 50 kilogrammlik bir qop un narxi 360-380 somoniy (399-421 ming so‘m) edi. Biroq bu yil narx 230 somoniygacha (255 ming so‘mgacha) tushdi. Sentyabrdan esa yana ko‘tarila boshladi.

Tojikistonlik ishlab chiqaruvchilar un narxi oshishiga ularning aloqasi yo‘qligini aytmoqda. Respublika bozoriga un yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari mamlakatda un narxi oshishiga eksport qiluvchi mamlakatlarda bug‘doy narxining oshib borayotgani asosiy omil bo‘layotganini ta’kidlamoqda.

Joriy yilning sentabr oyida 1 tonna bug‘doy narxi 350 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, avvallari 260 dollar atrofida edi. Qozog‘istonda bug‘doy narxining keskin oshishiga esa ob-havo sharoiti sabab bo‘lib, hosilning bir qismi nobud bo‘lgan. Bu qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilarni narxlarni oshirishga majbur qilgan.

Bundan tashqari, mamlakatdagi bug‘doy hosili sayg‘oqlar tomonidan katta miqyosda yo‘q qilingan. Davlat tomonidan muhofaza qilinadigan bu hayvonlarning soni 2 millionga yetdi.

G‘arbiy Qozog‘iston, Aqto‘be, Qo‘stanay, Qarag‘anda va Oqmo‘la viloyatlari dehqonlarining fikricha, hayvonlar ekinlarni oyoq osti qilib yeydi, bu esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga katta zarar yetkazmoqda.

Xavotirga sabab yo‘q

Tojikistondagi oziq-ovqat xavfsizligi tuzilmalari mas’ul amaldorlari va ekspertlarining fikricha, xavotirga o‘rin yo‘q. Ularga ko‘ra, narxlar biroz oshganiga qaramay, Tojikistonda bug‘doy va un taqchilligi kutilmaydi.

Respublika bojxona statistikasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 8 oyi davomida respublikaga 163,4 million dollarlik 596,3 ming tonna bug‘doy import qilingan bo‘lib, uning bir tonnasi o‘rtacha 274 dollarni tashkil etadi.

Aholini ta’minlash uchun Tojikiston ham o‘z imkoniyatlaridan foydalanadi. Joriy yilda respublikada 975 ming tonna bug‘doy yig‘ib olinishi kutilmoqda.

Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha barcha toifadagi fermer xo‘jaliklarida bug‘doy hosili 817,2 ming tonnani tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 8,4 foizga kamdir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »