Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda Milliy gvardiya xodimi maktab o‘quvchisining telefonini olib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Keltirilishicha, 2024-yilning 13-mart kuni, ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiya xodimi SH.X. tomonidan Samarqand shahridagi 54-son maktab 8-“D” sinf o‘quvchisining qo‘l telefoni olib qo‘yilgani hamda undan davlat tilida so‘zlashishni talab qilgani to‘g‘risida xabar tarqalgan. Dastlabki o‘rganish natijasida, SH.X. Samarqand shahridagi 54-son maktabida direktor buyrug‘i bilan qorovul lavozimiga shartnoma asosida ishga qabul qilingani hamda maktab ishchisi sifatida ishlab kelayotgani aniqlandi.

Aniqlanishicha, maktab o‘quvchisi D.K. maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilmasdan, shu o‘rinda ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga zid ravishda, dars jarayonida qo‘l telefonidan foydalanib kelgani hamda maktab o‘qituvchisi SH.N.ga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Shu sababdan o‘qituvchi maktab qorovuli SH.X.ni yordamga chaqirgan.

Qorovul tomonidan o‘quvchining qo‘l telefoni olib qo‘yilgan vaqtda, o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Darsdan so‘ng o‘quvchi D.K.ning telefoni maktab direktori hamda maktabga biriktirilgan Milliy gvardiya inspektor-psixologi tomonidan o‘quvchiga qaytarib berilgan. Hozirda Samarqand shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan birgalikda mazkur holat o‘rganib chiqilmoqda.

Maktab ma’muriyati hamda biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya etishlari to‘g‘risida maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlari yana bir bor amalga oshirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »