Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arb davlatlari Rossiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlariga xalaqit berish uchun yil davomida o‘zidagi barcha vosita va imkoniyatlardan foydalangan. Bu haqda Rossiya federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova “TASS” nashriga maʼlum qildi.

Foto: “TASS”

Zaxarovaga ko‘ra, G‘arb yil davomida dezinformatsion kampaniyalar va kiberhujumlar tashkil etishga uringan. Davlat tashkilotlarining rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlariga muntazam ravishda xakerlik hujumlari uyushtirilgan.

“Raqiblarimiz bir hafta yoki bir oy oldin emas, balki bir yilcha oldin harakat boshlashgan. O‘tgan yil davomida ular prezidentlik saylovlarini buzish yoki uning o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llaridagi hamma vositalardan foydalandi”, — degan Rossiya rasmiysi.

Rossiya rasmiysiga ko‘ra, xorijdan uyushtirilgan xurujlar saylov jarayonlariga ham, davlat tashkilotlari faoliyatiga ham taʼsir etmagan. Aksincha, bu voqealar davlat institutlari atrofida xalqning uyushuviga olib kelgan.

“Mamlakat mustahkamlandi va bugun u yaxlit bir butun. Qolaversa, bu yaqqol ko‘rinib turgan tahdid birdamlik va yakdillikka erishishimizda, ayniqsa oldimizda turgan vazifalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi”, — degan Zaxarova.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »