Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya hech kimga, shu jumladan NATOga ham hujum qilishni rejalashtirmayotganini, mamlakatda bunday, rejalar hech qachon bo‘lmaganini xabar berdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Foto: TASS

“Rossiyada hujum qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita tajovuz qilish, NATO, Vashington, Ukraina yoki kim bilan bo‘lishidan qat’i nazar, hech kim bilan urushga kirish niyati yo‘q. Bunday maqsad oldin ham bo‘lmagan. Aksincha, NATO — kollektiv G‘arb Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilmoqda”, — degan Rossiya rasmiysi.

Zaxarovaga ko‘ra, NATOning Rossiyaga nisbatan dushmanlik kayfiyatining yorqin ifodasi bu G‘arbda Moskvaga nisbatan insonlarda shakllantirilgan yomon tasavvurlardir. Aynan shu tasavvurlar yillar davomida keskinlikni tayyorlab kelgan.

“NATOga a’zo mamlakatlar xalqlari tushunishi kerakki, ular tomonidan mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday harakat javobsiz qolmaydi”, — degan Zaxarova.

Matbuot kotibi uch kun oldin 20 ming askar ishtirokida Finlyandiyada boshlangan NATO harbiy mashg‘ulotlariga diqqat qaratgan. Ushbu mashg‘ulotlar, Kremlga ko‘ra, provokatsion xarakterga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »