Aleksey Navalniy o‘limi

Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Keyinchalik murdani yorib ko‘rish orqali bu aniq bo‘lishi ta’kidlangan.

Siyosatchining jasadi 24-fevralda onasiga topshirilgan. Moskvadagi Borisovskiy qabristonida 1-mart kuni Navalniyning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Muxolifatchining o‘limi tufayli AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ro‘yxatlarga, xususan, Navalniy vafot etgan koloniya rahbarlari kiritilgan.